Biologik faol qo‘shimchalar

Aminoks Sport

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста
Yo'riqnomani yuklab olish

Foydalanish uchun ko'rsatmalar:

  • Vitamin va minerallarni iste’moli suboptimal bo‘lganida, ya’ni xavfli o‘smalar va OITS kabi immunotanqislik sindromi kabi organik kasalliklarda oziqlanishga terapevtik qo‘shimcha sifatida.
  • Vitamin va minerallarni absorbsiyasi optimal bo‘lmaganida, masalan so‘rilishini buzilishi, ichaklarni yallig‘lanish kasalligi va teshilishlarida, qisqa ichak sindromi va Kron kasalligi, shuningdek dori qabul qilish vitamin va minerallar so‘rilishini pasaytirganda oziqlanishga terapevtik qo‘shimcha sifatida.
  • Kasalliklardan sog‘ayishda, ya’ni anoreksiya yoki kaxeksiya borligida va kimyo- yoki nurli terapiyadan keyin oziqlanishga terapevtik qo‘shimcha sifatida.
  • Operatsiyadan keyin, masalan oziqlanish yetishmasa, oziqlanishga terapevtik qo‘shimcha sifatida.
  • Maxsus yoki cheklovchi diyetada, ya’ni buyrak diyetasida va tana vaznini kamaytirish uchun bir nechta ozuqaviy mahsulotlar guruhi cheklangan terapevtik diyetalarda bo‘lgan patsiyentlar uchun oziqlanishga terapevtik qo‘shimcha sifatida.
Omega-3 yog‘ kislotasi 300,00 mg (EPK 90 mg va DGK 60 mg ga ekvivalent)
Magniy (yengil magniy oksidi) _____________46,50 mg
Askorbin kislotasi ______________________40,00 mg
L-lizin HCl ___________________________25,00 mg
L Leysin _____________________________18,30 mg
Nikotinamid __________________________16,00 mg
L-arginin gidroxlorid ____________________13,28 mg
Rux (rux sulfati H2O) ____________________10,00 mg
Temir (quruq temir sulfati) _________________7,53 mg
Vitamin Ye (α-tokoferol atsetati) _____________7,50
L-valin _______________________________6,70 mg
L-izoleysin ____________________________5,90 mg
Pantoten kislotasi (kalsiy pantotenati) __________5,00 mg
DL-metionin ___________________________5,00 mg
L-triptofan _____________________________5,00 mg
L-fenilalanin ____________________________5,00 mg
L-treonin ______________________________5,00 mg
Marganes (marganes sulfat H2O) ______________2,03 mg
Vitamin B2 _____________________________1,70 mg
Vitamin B6 _____________________________1,50 mg
Vitamin B1 _____________________________1,40 mg
Vitamin A _____________________________2000
Mis (mis sulfati pentagidrati) ________________0,20 mg
Yod (kaliy yodidi) ________________________0,10 mg
Foliy kislotasi ___________________________100,00 mkg
Xrom (xrom pikolinati) _____________________24,86 mkg
Selen (natriy selenit) _______________________6,00 mkg
Xolekalsiferol (vitamin D3) ___________________200 XB
Vitamin B1 ______________________________2 1,00 mkg
Ta’rifi: Qora rangli, tiniq bo‘lmagan, uzunchoq shakldagi kapsulalar.

Eykozapentayen kislota

Eykozanoidlar immun va yallig‘lanish reaksiyalarida muhim rol o‘ynovchi 20-uglerodli polito‘yinmagan yog‘ kislotalardan olingan kimyoviy darakchilar. Hujayra membranalarida 20 atomli omega-6 yog‘ kislotalarini (araxidin kislota), shuningdek 20 atomli omega-3 yog‘ kislotalarini (EPK) uchratish mumkin. Yallig‘lanish reaksiyasi vaqtida araxidin kislotasi va EPK eykozanoidlar hosil qilib, siklooksigenaza va lipoksigenaza kabi ma’lum fermentlar tomonidan metabolizmga uchraydi. Omega-3 yog‘ kislotalari iste’molini ortishi hujayra membranalarida EPK miqdorini oshiradi va araxidin kislotasi miqdorini kamaytiradi, bu esa EPK dan olingan eykozanoidlar miqdorini ortishiga olib keladi. Araxidin kislotadan olingan eykozanoidlarga fiziologik reaksiyalar EPK dan olingan eykozanoidlarga javobdan farq qiladi. Umuman olganda, EPK dan olingan eykozanoidlar araxidin kislotasidan olingan eykozanoidlarga qaraganda yallig‘lanish, qon tomirlari qisqarishi va qon ivishini kuchsiz induktorlari hisoblanadi.

_________________________

Dokozageksayen kislota

DGK markaziy nerv tizimda fosfolipidlarni ikkilangan qatlamida joylashgan, u yerda fizik muhitni modullaydi va membranani ikkilangan qatlami ichida erkin hajmni oshiradi. U G-oqsil bilan bog‘liq retseptor faolligiga ta’sir qiladi va transmembran transport va hujayralarni tashqi olam bilan o‘zaro ta’siriga ta’sir qiladi. Shuningdek u apoptoz, neyronlar differensirovkasi va ion kanallari faolligiga yordam berishi to‘g‘risida xabar beriladi. Boshqa polito‘yinmagan yog‘ kislotalari kabi, DGK yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi PPAR ligandi sifatida ta’sir qiladi va yallig‘lanish geni ekspressiyasini va NFκB faollashtirishni boshqaradi. DGK shuningdek yallig‘lanish reaksiyalarini bartaraf etish uchun siklooksigenaza va lipoksigenaza fermentlari ishtiroki orqali rezolvinlar va o‘xshash birikmalar (masalan protektinlar) beradi.

_________________________

Vitamin A

Vitamin A ko‘rish jarayonida muhim o‘rin tutatdi. U 11-sis-izomer ga izomerlanadi va natijada past yorug‘likda ko‘rish uchun fotoretseptor hosil qilib opsin bilan bog‘lanadi. Yetishmasligini eng erta simptomlaridan biri shabko‘rlik hisoblanadi, u yanada jiddiy holat kseroftalmiyaga o‘sishi mumkin. Vitamin A shuningdek epitelial to‘qimalar va shilliq qavatlarni shakllanishi va tutib turishda ishtirok etadi. Yetishmaslik teri quruqligi va dag‘alligiga olib keluvchi teri o‘zgarishini chaqirishi va ahamiyatsiz teri infeksiyalariga turg‘unligini pasaytirishi mumkin. Vitamin A yetishmasligi odatda oqsil-energetik yetishmaslik bilan birga kechadi, infeksiyalar tez-tezligi va immunologik himoya mexanizmlarini mukammal emasligi bilan bog‘liq.

_________________________

Vitamin D

Vitamin D me’da-ichak yo‘lidan kalsiy va fosfatlarni so‘rilishi va ularni transporti uchun zarur. Uni kalsiy metabolizmi nazoratida ishtiroki va natijada suyaklarni me’yorda kalsifikatsiyasi yaxshi isbotlangan. Bolalarda vitamin D yetishmasligi raxit rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

_________________________

Vitamin B1 (tiamin)

Tiamin (koferment sifatida, tiaminpirofosfat) uglevodlar almashishi bilan bog‘liq. Tiaminpirofosfat shuningdek glyukoza metabolizmini oksidlanish yo‘lida koferment sifatida ta’sir qiladi. Tiamin yetishmasligida to‘qimalarda pirouzum kislotasi va sut kislotalari to‘planadi. Piruvat ioni atsetilxolin biosintezida tiaminga qaram jarayon orqali uni atsetilkoferment A ga aylantirish orqali ishtirok etadi. Shunday qilib tiamin yetishmasligi yoki atsetilxolin sinteziga ta’siri sabab, yoki laktat va piruvatni to‘planishi sabab, markaziy nerv tizimiga ta’sir ko‘rsatadi. Tiamin yetishmasligi charchoq, anoreksiya, me’da-ichak buzilishlari, taxikardiya, ta’sirchanlik va nevrologik simptomlarga olib keladi. Tiaminni umumiy yetishmasligi (va vitamin V guruhini boshqa faktorlari) beri-beri holatiga olib keladi.

_________________________

Vitamin B2 (riboflavin)

Riboflavin nafas olish zanjiri va oksidlanish fosforlanishda koferment sifatida ta’sir qiluvchi flavinmononukleotid va flavinadenindinukleotidgacha fosforlanadi. Riboflavin yetishmasligi ko‘z simptomlari, shuningdek lablar va og‘iz burchaklari shikastlanishi bilan namoyon bo‘ladi.

_________________________

Vitamin B6 (piridoksin)

Piridoksin so‘rilganidan keyin tez, oqsil almashinuvida muhim o‘rin tutuvchi piridoksalfosfat va piridoksaminfosfat kofermentlariga aylanadi. Piridoksin yetishmagan chaqaloqlarda tirishishlar va gipoxrom anemiya yuzaga kelgan.

 

Vitamin B12 (sianokobalamin)

Vitamin B12 organizmda asosan metilkobalamin, shuningdek adenozilkobalamin va gidroksokobalamin ko‘rinishida bo‘ladi. Ular gomotsisteinni metioninga trasmetillanishida koferment sifatida ta’sir ko‘rsatadi; metilmalonilkoenzimni suksinilkoenzimga izomerizatsiyasida va foliy kislota bilan muvofiq ravishda bir nechta metabolik yo‘llarda. Vitamina B12 yetishmasligi gemopoez buzilishi va megaloblast anemiyani chaqiradi.

_________________________

Vitamin C (askorbin kislotasi)

Vitamin C odam tomonidan sintez qilinmaydi, shuning uchun manbasi kerak. U ko‘p biologik jarayonlarda, jumladan prolinni gidroksiprolingacha gidroksillanishida kofaktor sifatida ta’sir qiladi. Natijada, u yetishmasligida kollagen hosil bo‘lishi buziladi. Askorbin kislotasi buyrak usti bezlarida steroidlarni sintezida dofaminni noradrenalinga gidroksillanishida mo‘him o‘rin tutadi.

_________________________

Vitamin E

Vitamin Ye me’da-ichak yo‘lidan so‘riladi. Katta qismi limfada paydo bo‘ladi va keyin barcha to‘qimalarda keng taqsimlanadi. Dozani katta qismi safro bilan sekin chiqariladi, qolgan qismi esa tokoferon kislota glyukuronidlari yoki boshqa metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Nikotinamid (nikotin kislotasi amidi) Nikotin kislotasi me’da-ichak yo‘lidan so‘riladi, organizm to‘qimalarida keng taqsimlanadi va qisqa yarimchiqarilish davriga ega.

_________________________

Kalsiy pantotenati

Pantoten kislotasi me’da-ichak yo‘lidan oson so‘riladi va organizm to‘qimalarida keng taqsimlanadi. Pantoten kislotasini tahminan 70 % o‘zgarmagan holatda siydik bilan va 30% axlat bilan chiqariladi.

_________________________

Foliy kislotasi

Foliy kislotasi asosan ingichka ichakni proksimal bo‘limidan so‘riladi. Foliy kislotasini poliglutamatlari so‘rilish vaqtida monoglutamatlargacha dekon’yugatsiyalanadi. Foliy kislotasi qonda tez paydo bo‘ladi, u yerda plazma oqsillari bilan faol bog‘lanadi. Foliy kislotasini bir qismi organizm to‘qimalarida taqsimlanadi, bir qismi siydik bilan foliy kislotasi ko‘rinishida chiqariladi, qolgan qismi esa foliy kislotasi ko‘rinishida jigarda saqlanib qoladi.

 

Magniy

Magniy tuzlari me’da-iyaak yo‘lidan yomon so‘riladi; lekin odatda yetishmasligini o‘rnini bosish uchun yetarli miqdorda magniy so‘riladi. Magniy siydik, axlat bilan chiqariladi, lekin yetishmasligida uni ekskretsiyasi pasayadi.

_________________________

Temir

Temir asosan o‘nikkibarmoq ichak va ingichka ichakdan so‘riladi. So‘rilishiga oshqozonni kislotali sekretsiyasi yordam beradi, shuningdek agar temir ikki valentli bo‘lsa, ikki valentli temir fumarati kabi. Temir yetishmasligi holatlarida so‘rilishi ortadi va aksincha, temir ko‘pligida so‘rilishi pasayadi. Temir ferritin ko‘rinishida yig‘iladi.

_________________________

Xrom

Xrom odam hayoti uchun zarur ekanligi tasdiqlangan bo‘lsa ham, uni funksiyalari va metabolizmi to‘g‘risida ma’lumotlar kam. Selen [natriy seleniti pentagidrati] Selen odam hayoti uchun zarur ekanligi tasdiqlangan bo‘lsa ham, uni funksiyalari va metabolizmi to‘g‘risida ma’lumotlar kam.

_________________________

Mis sulfati (mis)

Mis me’da-ichak yo‘lidan so‘riladi, va uni asosiy chiqarilish yo‘li safro bilan.

_________________________

Rux sulfati (rux)

Rux me’da-ichak yo‘lidan yomon so‘riladi. U butun tana bo‘ylab keng taqsimlanadi. Axlat bilan chiqariladi, qoldiqlari siydikda aniqlanadi.

_________________________

Marganes sulfat (marganes)

Marganes tuzlari yomon o‘zlashtiriladi. Kaliy yodid (yod) Yodidlar so‘riladi va qalqonsimon bezda tireoglobulin ko‘rinishida to‘planadi. Yodidlar siydik bilan chiqariladi, kam miqdori axlat, so‘lak vaa ter bilan chiqariladi.

_________________________

L-lizin HCl

Faol transport jarayoni yo‘li orqali enterotsitlarga ingichka ichakdan so‘riladi.

_________________________

L-leysin Mavjud ma’lumotlar yo‘q.

_________________________

L-valin Ingichka ichakdan natriygaqaram faol transport natijasida so‘riladi.

_________________________

L-izoleysin Ingichka ichakdan natriygaqaram faol transport natijasida so‘riladi.

_________________________

Metionin

Ingichka ichakdan faol transport jarayoni yo‘li orqali eneterotsitlarga so‘riladi.

_________________________

L-fenilalanin

Ingichka ichakdan natriygaqaram faol transport natijasida so‘riladi. Jigarda metabolizmga uchrovchi jigar L-fenilalanini organizmni turli to‘qimalariga tizimli qon aylanishi orqali taqsimlanadi, u yerda jigarda sodir bo‘ladigan metabolik reaksiyalarga o‘xshash reaksiyalarga uchraydi.

_________________________

L-triptofan Jigarda metabolizmga uchraydi.

_________________________

L-treonin  Jigarda metabolizmga uchraydi.

_________________________

L-arginin

L-argininni ba’zi metabolizmlari enterotsitlarda sodir bo‘ladi. Enterotsitlarda metabolizmga uchramagan L-arginin portal sirkulyatsiyasiga tushadi, u yerdan jigarga transportirovka bo‘ladi, u yerda yana aminokislotani ba’zi qismi metabolizmga uchraydi.

 

Kattalar va keksa yoshlilar

Kuniga 1 kapsuladan, iloji bo‘lsa ovqatdan 1 soatdan keyin. Ko‘rsatilgan dozani oshirmang. Kapsulalarni butunligicha, suv bilan ichish kerak. 12 yoshgacha bolalar 12 yoshgacha bolalarga tavsiya etilmaydi.

 

 

15 yumshoq jelatin kapsulalar alyuminiy-polivinilxlorid blisteriga qadoqlangan. 2 blisterdan yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

2 yil. Yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Retseptsiz.

https://www.instagram.com/p/DFxMyxfObgz/?igsh=NHNmanR6YTg3N2Ru