Гематология

ИМФЕРОН — С

раствор железа для внутривенного введения.

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста

Раствор железа для внутривенного введения.

Загрузить инструкцию

Показания к применению:

  • Temir saxaratini surunkali gemodializ o‘tkazgan, qo‘shimcha eritropoetin davosini olayotgan patsiyentlarda temir tanqisligi anemiyasini davolashda buyuriladi.
  • Agar peroral temir preparatlari bilan davolash noadekvat yoki o‘zlashtiraolmaslik hisoblansa, unda temir preparatlari bilan parenteral davolash buyuriladi.

Temir saxaroza in’eksiyasi jigarrang rangli vena ichiga qo‘llash uchun, steril, suvli, saxarozada ko‘p yadroli (III) valentli temir gidroksidi kompleksini tashkil qiladi. Temir saxaroza in’eksiyasi taxminan 34000-60000 dolton molekular massaga ega. In’eksiya uchun suvda har 5 ml 100 mg (20 mg/ml) elementar temir saxaroza ko‘rinishida saqlaydi. Preparat hajmi bo‘yicha (300 mg/ml) taxminan 30% saxaroza saqlaydi va rN 10,5-11,1 ni tashkil etadi. Ineksiyaning osmolyarligi 1250 mOsmol/l ni tashkil etadi. Imferon S ni vena ichiga yuborilganidan so‘ng, temir saxarozasi retikuloendotelial tizimi orqali temir va saxarozaga dissotsiatsiyalanadi. 100 mg elementar temirga ekvivalent temir saxaratini dozasini haftasiga 3 marta 3 hafta davomida qabul qiluvchi gemodializdagi cheklangan sonli patsiyentlarda, zardob temir va zardob ferritinni va temirni umumiy bog‘lanuvchi qobiliyatini pasayishi temir bilan davolash boshlangandan keyin 4 hafta davomida yuz bergan

Temir saxarati dozasi 1 mg elimentar temirda ifodalanadi. Har 5ml ampula 100 mg elementar temir (20 mg/ml) saqlaydi.

Buyurilishi: temir saxaratini vena ichigasekin in’eksiya yo‘li yoki sekin tomchilab yuboriladi. Sekin vena ichiga in’eksiya: temir saxaratini vena ichiga sekin in’eksiya yo‘li bilan yuborish tavsiya etiladi, aralashmagan eritma1 ml (20 mg temir) minutiga (ya’ni 5 dan to 10 minut ampulaga), temir saxarati (100 mg temir) 1 ampula in’eksiyaga oshmaydi. Ishlatilmagan qoldiqni tashlash kerak.

Infuziya: shuningdek temir saxaratini sekin infuziya yo‘li bilan yuborish mumkin. Sekin yuborilgan infuziya gipotenziv effektni xavfini pasaytiradi. To‘g‘ridan to‘g‘ri infuziya qilishdan oldin,har flakon tarkibi 100 dan 250 ml 0,9% li natriy xlor aralashmasida eritilishi kerak. 100 mg temir eritmani 30 minutdan kam bo‘lmagan tezlikda yuborish kerak. Ishlatilmagan aralashmali eritmani tashlash kerak.

Bolalarda qo‘llanilishi: (2 yosh va undan katta) Gemodializga muhtoj surunkali buyrak kasalligi (HDD-CKD) temirni qo‘llab-quvvatlovchi terapiya Temirni qo‘llab-quvvatlovchi terapiya uchun: Imferon S preparatini har ikki haftada bir marta, 0,5 mg/kg dozada, bir martagi doza 100 mgdan oshmasligi kerak, 12 hafta davomida yuboriladi.

Preparat quyidagicha yuboriladi: suyultirilmagan holda sekinlik bilan, vena ichiga 5 daqiqa davomida, yoki 0,9% NaCl eritmasi bilan suyultirib, konsentratsiyasi 1–2 mg/ml bo‘lguncha va 5–60 daqiqa davomida yuboriladi. Konsentratsiyani 1 mg/ml dan past darajagacha suyultirish tavsiya etilmaydi. Zarur bo‘lganda, Imferon S bilan davolash kursi takrorlanishi mumkin.

HDD-CKD bo‘lgan pediatrik bemorlarda temirni tiklovchi terapiya uchun dozalash rejimi aniqlanmagan. Bolalarda qo‘llanilishi: (2 yosh va undan katta) Gemodializga muhtoj bo‘lmagan surunkali buyrak kasalligi (NDD-CKD) yoki peritoneal dializga muhtoj surunkali buyrak kasalligi (PDD-CKD)da, eritropoetin terapiyasi olayotganlar temirni qo‘llab-quvvatlovchi terapiya Temirni qo‘llab-quvvatlovchi terapiya uchun: Imferon S preparatini har to‘rt haftada bir marta, 0,5 mg/kg dozada, bir martagi doza 100 mgdan oshmasligi kerak, 12 hafta davomida yuboriladi. Preparat quyidagicha yuboriladi: suyultirilmagan holda sekin vena ichiga 5 daqiqa davomida, yoki 0,9% NaCl eritmasi bilan suyultirib, konsentratsiyasi 1–2 mg/ml bo‘lguncha va 5–60 daqiqa davomida yuboriladi.

Konsentratsiyani 1 mg/ml dan past darajagacha suyultirish mumkin emas. Zarur bo‘lganda, Imferon S bilan davolash kursi takrorlanishi mumkin. NDD-CKD yoki PDD-CKD bo‘lgan pediatrik bemorlarda temirni tiklovchi terapiya uchun dozalash rejimi aniqlanmagan.

Izoh: temir saxaratini boshqa dori vositalariga aralashtirmaslik yoki parenteral oziqlanishga,vena ichiga infuziya yuborish uchun eritmalarga qo‘shmaslik kerak. Dializ tizimiga yuborish: Imferon S preparatini vena ichiga in’eksiya uchun ta’riflangan qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, bevosita dializ tizimining venoz sohasiga yuborish mumkin.

Izoh: homiladorlik vaqtida temir tanqisligi anemiyasini davolash uchun temir saxarati epizodik qo‘llangan, garchi uni havfsizligi va samaradorligini ta’minlash uchun o‘tkazilgan tadqiqotlar haqida ma’lumotlar bo‘lmasa ham.

Organizmda haddan tashqari temir miqdorini oshib ketishi tasdiqlangan patsiyentlarda, temir saxaratiga yoki uning biron-bir negativ komponentlariga ma’lum yuqori sezguvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda va temir tanqisligi chaqirmagan anemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda temir saxaratini qo‘llash mumkin emas.

Ogohlantirish:

In’eksion temir preparatlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik reaksiyasi ro‘yxatga olingan. Gipotoniya:

Temir preparatlarini vena ichiga olayotgan patsiyentlarda gipotoniyani tez-tez uchrashi haqida xabarlar bo‘lgan. Gipotoniya temir saxaratini yuborgandan keyin yuborish tezligi va dozasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Temir saxaratini dozasi tavsiya etilgan buyurishlarga muvofiqligini nazorat qilish uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Temir saxaratining boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’siri o‘rganilmagan. Biroq boshqa parenteral temir preparatlari kabi temir saxarati peroral temir preparatlari bilan birga qo‘llanganda so‘rilishini kamaytirishi kuzatilishi mumkin. Temir saxaratini peroral temir preparatlari bilan bir vaqtda yuborish mumkin emas, bunda peroral temir so‘rilishi kamayadi.

Umumiy:

Temir saxaratini qabul qilayotgan patsiyentlar muntazam gemotologik va gemotin ko‘rsatkichlari (gemoglobin, gematokrit, zardobli ferritin va transferringa to‘yinishi) monitoringini talab etadi. Organizmda ortiqcha temir miqdori tasdiqlangan patsiyentlarga, temir bilan davolanish mumkin emas.

Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo‘llanilishi Garchi homilador ayollarda temir saxaratini xavfsizligi bo‘yicha adekvat va yaxshi nazorat qilingan tadqiqotlari bo‘lmasada, u homiladorlik davrida anemiyani davolash uchun tez-tez qo‘llaniladi. Nohush oqibatlar haqida xabarlar bo‘lmagan. Laktatsiya davrida Ushbu preparatni ko‘krak sutiga o‘tishi ma’lum emas.

Ko‘p preparatlar organizmdan ko‘krak sutiga o‘tishi sababli emizikli ayollarga temir saxaratini buyurishda ehtiyotkorlikga rioya qilish kerak.

Bolalarda qo‘llanilishi

Dializga muxtoj yoki muxtoj bo‘lmagan surunkali buyrak kasalligi (sbk) bo‘lgan pediatrik bemorlarda temirni tiklovchi terapiya uchun Imferon S preparatining xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. 2 yosh va undan katta bo‘lgan, dializga muxtoj yoki muxtoj bo‘lmagan skb bilan og‘rigan, eritropoetin terapiyasi olayotgan pediatrik bemorlarda Imferon S preparatining temirni qo‘llab-quvvatlovchi terapiyadagi xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilgan. preparat 0,5 mg/kg, 1 mg/kg va 2 mg/kg dozalarda yuborilgan.

Barcha uch dozadagi davolash rejimi 12 haftalik davolash davrida, eritropoetinning barqaror dozasi sharoitida, bemorlarning taxminan 50% ida gemoglobin darajasini 10,5–14,0 g/dl oralig‘ida ushlab turgan.

Imferon S preparati 2 yoshdan kichik bemorlarda o‘rganilmagan. Preparat bolalarda qo‘llanilishiga ruxsat etilgan mamlakatlardan biridagi klinik markazda, tana vazni 1250 g dan kam bo‘lgan beshta (muddatdan avval tug‘ilgan) chaqaloqlarda nekrotik enterokolit rivojlangan va ularning ikkitasi Imferon S, bir nechta boshqa preparatlar va eritropoetin qabul qilgan davrda yoki undan so‘ng vafot etgan. Nekrotik enterokolit muddatidan avval tug‘ilgan, tug‘ilganida yetarlicha vaznga ega bo‘lmagan chaqaloqlardagi asorat bo‘lishi mumkin. Imferon S yoki boshqa preparatlarni qo‘llash bilan sababiy bog‘liqlik aniqlanmagan.

Geriatik qo‘llanilishi

Temir saxarati bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda, ancha yosh subyektlarga nisbatan, 65 yosh va undan katta yoshda bo‘lgan suyektlarga har xil ta’sir qilish yoki qilmasligi bo‘yicha subyektlar yetarlicha bo‘lmagan.

Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozani tanlashda ehtiyotkor bo‘lish kerak, odatda, jigar, buyrak yoki yurak va yondosh kasalliklar, unga bog‘liq bo‘lgan kasalliklar yoki boshqa dorilar bilan davolash, dozalash diapazoni pastki chegarasidan boshlab tanlanadi.

Avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri: Temir saxarozani qabul qilgandan keyin bosh aylanishi, chalkashlik yoki ko‘ngil aynish alomatlari bo‘lsa, bemorlar simptomlar yo‘qolguncha avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlamasligi kerak

 

Dozani oshirib yuborish yoki haddan ko‘p temir saxaratini yuborish bilan bog‘liq simptomlarga gipotenziyani, bosh og‘rig‘i, qusish, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, bo‘g‘imlarda og‘riq, paresteziya, abdominal va mushak og‘riqlari, shish va yurak-qon tomir kollapsi. Aksar simptomlar vena ichi suyuqliklar, gidrokortizon va/yoki gistaminga qarshi vositalarni qo‘llash muvaffaqiyatli davolangan. Shu jumladan, eritmani tavsiyaga asosan yuborish yoki yanada kichikroq tezlik bilan yuborish ham simptomlarni yengillashtirishi mumkin.

Birlamchi o‘ram: 5 ml dan qahrabo rangli germetik kavsharlangan shisha ampulalarda va PXV alyumin blisterga joylangan.

Ikkilamchi o‘ram: 1 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 250С dan yuqori bo‘lmagan hararatda saqlansin. Muzlatilmasin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

2 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Retsept bo‘yicha.

Смотрите также