Аллергология
Кларидол (таблетки)
Аллергия мешает жить? Кларидол – долой аллергию! Препарат для устранения симптомов аллергии различного происхождения
Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста
Действует 24 часа. Удобен в приеме — 1 раз в день. Подходит для применения детям с 2-х лет и пожилым людям.
Показания к применению:
- Mavsumiy va yil davomidagi allergik rinitlar
- Kon’yunktivit
- Pollinoz
- Eshakemi
- Shu jumladan surunkali idiopatik eshakemi
- Kvinke shishi
- Psevdoallergik reaksiyalar
- Qichuvchi dermatozlar
- Xashoratlar chaqqanidagi allergik reaksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 10 mg loratadin; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, natriy kroskarmellozasi, kolloidli kremniy dioksidi, magniy stearati.
Ta’rifi:
oqdan to deyarli oq ranggacha bo‘lgan, dumaloq shaklli, chetlari o‘yilgan yassi, bir tomonida sindirish chizig‘i bor tabletkalar.
Me’da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti-1,3-2,5 soat; ovqat qabul qilish uni 1 soatga sekinlashtiradi. Jigarni alkogol bilan shikastlanishida kasallikni og‘irligini oshishi bilan, keksa odamlarda maksimal konsentratsiyasi 50% ga oshadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi-97%. Jigarda sitoxrom R450 ni CYP3A4 va kamroq darajada CYP2D6 fermentlari ishtirokida faol metaboliti dekarboetoksiloratadin hosil qilib metabolizmga uchraydi.
Loratadin va metabolitini plazmadagi muvozanat konsentratsiyasiga yuborishni 5 sutkasida erishiladi. Gematoensefalik to‘siqdan o‘tmaydi. Loratadinni yarim chiqarish davri -3-20 soat (o‘rtacha 8.4), faol metoolitini — 8,8-92 soat (o‘rtacha 28 soat); keksa patsiyentlarda mos ravishda — 6.7-37 soat (o‘rtacha 18,2 soat) va 11-38 soat (17,5 soat). Jigarni alkogolli shikastlanishida kasallikni og‘irligini oshishi bilan yarim chiqarish davri oshadi. Buyraklar orqali va safro bilan chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda va gemodializ o‘tkazilganida farmakokinetikasi amalda o‘zgarmaydi.
Ichga qo‘llanadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 10 mg Klaridol (1 tabletka) kuniga 1 marta. Sutkalik doza 10 mg. 2 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5 mg Klaridol (1/2 tabletka) kuniga 1 marta. Tana vazni 30 kg dan ko‘proq bo‘lgan bolalarga 10 mg klaridol (bir tabletka) kuniga 1 marta. Sutkalik doza 10 mg.
Kam hollarda og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, gastrit, jigar funksiyasini buzilishi, bosh og‘rig‘i, yuqori charchoqlik, qo‘zg‘aluvchanlik (bolalarda), bosh aylanishi, yo‘tal, taxikardiya, allergik reaksiyalar. Aloxida xollarda alopetsiya kuzatilishi mumkin.
Preparatning xar qanday komponentiga bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
7 yoki 10 tabletkadan alyuminiy va polivinilxlorid plyonka blisterda. 1 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
20S dan 300S gacha haroratda, zich idishlarda saqlansin. Namlikdan saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Retseptsiz.
https://www.instagram.com/reel/DWRERCJDAR9/?igsh=N25xNTMycDUxbXRi