Gastroenterologiya

PENZITAL

Me’da-ichak yo‘llarini funksional holatini yaxshilaydi, ovqat hazm qilish jarayonlarini normallashtiradi

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста

Me’da-ichak yo‘llarini funksional holatini yaxshilaydi, ovqat hazm qilish jarayonlarini normallashtiradi

Yo'riqnomani yuklab olish

Foydalanish uchun ko'rsatmalar:

  • Surunkali pankreatit,
  • Pankreatektomiya
  • Nurlangandan keyingi holat
  • Dispepsiya
  • Remxeld sindromi (gastrokardial sindrom)
  • Mukovissidoz
  • Meteorizm
  • Infeksion bo‘lmagan genezli diareyada qo‘llaniladi
  • Ovqat hazm bo‘lishini buzilishi (me’da va ingichka ichak rezeksiyasidan keyingi holat)
  • me’da-ichak yo‘llarini faoliyati normal bo‘lgan shaxslarda ovqatlanishdagi xatolik hollarida (yog‘li ovqat, ko‘p miqdordagi ovqat iste’mol qilinganida, muntazam bo‘lmagan ovqatlanish) ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash uchun va chaynash faoliyati buzilganida, kam harakatli yashash tarzida, uzoq muddatli immobilizatsiya
  • Qorin bo‘shlig‘i a’zolarini rentgenologik tekshirish va UZI ga tayyorlashda qo‘llaniladi

Xar bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:

pankreatin 212,5 mg;

yordamchi moddalar:

mikrokristall sellyuloza (RN 101), polivinil pirrolidon, izopropil spirti, mikrokristall sellyuloza (RN 102), natriy kraxmal glikolyati, povidon, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda parchalanmagan fermentlarning surilganligi ko‘rsatilmagan, shuning uchun klassik farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Pankreatik fermentlarning qo‘shilishi uning ta’sirini namoyon qilish uchun so‘rilishni talab qilmaydi. Aksincha, ularning to‘liq terapevtik faoliyati oshqozon-ichak trakti yorigida amalga oshadi. Bundan tashqari, ular oqsillar kabi, peptidlar va aminokislotalar sifatida so‘rilishdan oldin oshqozon-ichak trakti orqali o‘tib, proteolitik hazmga uchraydi.

Ichga qo‘llaniladi. Preparat ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin, chaynamasdan, ishqoriy bo‘lmagan suyuqlik (suv, meva sharbatlari) bilan qo‘shib qabul qilinadi. Ovqat hazm bo‘lishini buzilishi darajasiga qarab doza individual ravishda belgilanadi.

Kattalarga odatda 1-2 tabletkadan sutkada 3 marta. Bolalarda preparat shifokor buyurishi bo‘yicha qo‘llanadi. Davolash muddati bir necha kundan (parhezdagi xatolik oqibatidagi ovqat hazm bo‘lishini buzilishida) to bir necha oy yoki yil (doimiy o‘rinbosar terapiya zarurligida) orasida bo‘lishi mumkin.

Allergik reaksiyalar. Alohida hollarda diareya, qabziyat, me’da sohasida diskomfort hissi, ko‘ngil aynashi (bu reaksiyalarni rivojlanishi bilan pankreatin ta’siri o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqlik aniqlanmagan, chunki bu ko‘rinishlar me’da osti bezini tashqi sekretor yetishmovchiligini belgilaridir).

Uzoq muddat katta dozalarda qabul qilinganida giperurikoziya rivojlanishi, qon plazmasida siydik kislotasi darajasini oshishi mumkin. Mukovissidozda pankreatin dozasi kerakligidan oshirilgan holda yuqoriga ko‘tariluvchi chambar ichakni ileotsekal bo‘limida strikturalar (fibroz kolonopatiya) rivojlanishi mumkin. Bolalarda pankreatin yuqori dozalarda qo‘llanganida perianal qo‘zg‘alish va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qo‘zg‘alishi paydo bo‘lishi mumkin

Simptomlari: giperurikozuriya, giperurikemiya. Bolalarda qabziyat kuzatilishi mumkin. Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash o‘tkaziladi.

10 yoki 20 ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar, striplarda 2, 3, 10 strip karton qutida tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.

Quruq joyda, +20С  dan to +25оС  gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Retseptsiz.