Gastroenterologiya
SVIFTOLAK
Surunkali qabziyati bo‘lgan bemorlarda ich qotishining bartaraf qilish. Portal tizimli ensefalopatiyada yuqori dozalarda laktuloza qo‘llaniladi.
Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста
Surunkali qabziyati bo‘lgan bemorlarda ich qotishining bartaraf qilish. Portal tizimli ensefalopatiyada yuqori dozalarda laktuloza qo‘llaniladi.
Foydalanish uchun ko'rsatmalar:
- Surunkali qabziyati bo‘lgan bemorlarda ich qotishining bartaraf qilish.
- Portal tizimli ensefalopatiyada yuqori dozalarda laktuloza qo‘llaniladi.
Xar 15 ml (taxminan 1 to‘liq osh qoshiq) quyidagilarni saqlaydi:
laktuloza konsentrati (FAQSH) 10g Laktuloza ekvivalent; Suvli asos – yetarlicha miqdorda.
Ta’rifi: rangsizdan to to‘k sariq ranggacha bo‘lgan quyuq suyuqlik, saqlash davomida cho‘kma paydo bo‘lishi va to‘qlashishi mumkin.
Laktuloza (Sviftolak) fruktoza va galaktozadan tashkil topgan sintetik disaxariddir. Ichak shilliq qavati hujayralarida tegishli disaxaridaza yo‘qligi sababli, laktuloza ingichka ichakda parchalanmaydi va so‘rilmaydi. Yo‘g‘on ichakda laktuloza bakteriya koloniyasi ta’sirida organik kislotalarga (sirka va sut kislotalariga) parchalanadi. Ushbu fermentatsiya ichakning tarkibini kislotali qiladi va osmotik ta’sirga ega bo‘ladi, bu laktulozani qabul qilish vaqtida kuzatiladigan axlatning tezligi va uning oshishiga javobgar xisoblanadi. Laktulozaning dozasi qanchalik baland bo‘lsa, osmotik ta’siri shunchalik baland ta’sir qiladi.
Yug‘on ichakning kislotaligi ammiakning yo‘g‘on ichakdan qongacha tarqalishini ingibitsiya qiladi. Ushbu ta’sir jigar ensefalopatiyasida laktulozaning foydali ta’siriga ma’sul xisoblanadi.
Qabziyat
Surunkali qabziyati bo‘lgan bemorlarda ich qotishining bartaraf qilish. Axlatning tez-tezligi, shuningdek, yuborilgan dozaga nisbatan najasning og‘irligi va xajmi oshadi.
Jigar ensefalopatiyasi
Portal tizimli ensefalopatiyada yuqori dozalarda laktuloza qo‘llaniladi. Osmotik bosim kuchayadi va yo‘g‘on ichakdagi pH kamayadi, axlat massasini xajmi oshadi, bu esa ichakning peristaltikasini uyg‘unlashtiradi va axlatning konsistensiyasini normallashtiradi. Bu qabziyatni bartaraf qilishga va ichakni bo‘shatilishining fiziologik ritmini tiklanishiga yordam beradi. Yo‘g‘on ichakdagining kislotaliligi tufayli ammiakning ion shakliga o‘tishini tezlashtiradi. Surgi samarasi rivojlanganda bog‘langan ammoniy ionlarni chiqarilishi amalga oshiriladi. Bunda ichak florasiga ta’sir qilmaydi.
Agar:
• Xar qanday giperosmotik surgi preparatlariga allergiya bo‘lsa
• Appenditsit, ichak yallig‘lanishi yoki ichak tutilishining belgilari bo‘lsa
• Faqat 1 yoki 2 kun davomida dafekatsiya bo‘lmaganda qabul qilish mumkin emas.
Keksalar: yosh odamlarga nisbatan salbiy reaksiyalar va nojo‘ya samaralar tez-tez va jiddiy bo‘lishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davri: Agar davolashdan kutiladigan foyda bola uchun kutiladigan xavfdan yuqori bo‘lsa homiladorlik va emizishda laktulozani qo‘llanilishi mumkin. Chaqaloqlar va bolalar: faqat shifokor kuzatuvi ostida qo‘llanadi.
Laktuloza davolash boshida tez-tez meteorizm, qorin shishi va og‘riq chaqirishi mumkin. Yuqori dozalarda diareya kuzatilishi mumkin. Yakka xollarda suv–elektrolit muvozanatini buzilishining yagona xollari (yuqori suyuqliklarning yo‘qotishiga bog‘liq bo‘lgan gipernatriyemiya) portal tizimli ensefalopatiyada qayd etilgan.
Qabziyatda
Kattalar:
kuniga 2-3 marta yumshoq najas olish maqsadida bir martalik doza sifatida kuniga 15 dan 60 ml gacha yoki bir xil ikkiga bo‘lingan dozalar.
Bolalar:
(5-10 yesh) 10 ml dan kuniga ikki marta
(1-5 yosh) 5 ml dan kuniga ikki marta
(<1 yosh) 2,5 ml dan kuniga ikki marta
Jigar ensefalopatiyasida
Kattalar:
kuniga 2-3 marta yumshoq najas olish maqsadida har bir 1-2 soat davomida boshida 30-45 ml dan, keyin 30-45 ml dan kuniga uch yoki to‘rt marta.
Bolalar:
shifokor tavsiyasi bo‘yicha qo‘llanadi.
Dozani oshirib yuborilishi belgilari: xolsizlik, qusish, xushdan ketish, suvsizlanish va qorinda spazmlar. Ushbu belgilarni dozani kamaytirish orqali nazorat qilish mumkin.
150 ml dan flakonlarda ichga qabul qilish uchun eritma.
25° C dan past xaroratda, salqin joyda saqlang. Muzlatmang.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
3 yil