Urologiya

Torpedo 50DX

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста
Yo'riqnomani yuklab olish

Foydalanish uchun ko'rsatmalar:

  • Torpedo DX tabletkalari katta erkaklar uchun erektil disfunksiya bilan birga muddatidan oldingi eyakulyatsiyada qo‘llanadi.

30 mg va 60 mg dan 1 plenka qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi:

 

Faol moddalar:

Sildinafil sitrati, ekvivalent Sildinafilga ………………… 100 mg

Dapoksetin gidroxloridi Ekvivalent Dapoksetinga 60 mg

Sildenafil sitrati, ekvivalent Sildenafilga ………………… 50 mg

Dapoksetin gidroxloridi Ekvivalent Dapoksetinga 30 mg

 

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, krospovidon, povidon K30, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, Instacoat Universal PINK (IC-U-5781), izopropil spirti*, dixlormetan*, tozalangan suv.

 

Ta’rifi: pushti rangli, rombsimon, ikki yoqlama qavariq, ikki tomoni silliq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Torpedo DX bu erektil disfunksiyani peroral davolash. Tabiiy sharoitlarda, ya’ni seksual rag‘batlantirish uchun, jinsiy olatga qonni oqib kelishini oshirib, buzilgan erektil faoliyatni tiklaydi.

Torpedo DX tabletkalari katta erkaklar uchun erektil disfunksiya bilan birga muddatidan oldingi eyakulyatsiyada qo‘llanadi. Torpedo DX samarador bo‘lishi uchun, seksual rag‘batlantirish talab etiladi. Torpedo DX tabletkasini faqat talab bo‘yicha taxmin qilinadigan seksual faollikgacha davolash sifatida qo‘llash kerak.

Barcha patsiyentlar uchun tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozalar 50 mg sildenafil 30 mg Dapoxetine (Torpedo DX 30) bilan, agar zarurati bo‘lsa, jinsiy faollikdan taxminan 1-3 soat oldin. Samaradorligi va tolerantligiga asoslanib, dozani 100 mg sildenafil va 60 mg dapoksetingacha (Torpedo DX 60) oshirish mumkin. Dozalashni maksimal tavsiya etilgan tez-tezligi kuniga bir marta.

Torpedo DX tabletkalarini ovqat bilan yoki usiz qabul qilish mumkin. Torpedo DX plastinasi uzuluksiz xar kuni ishlatish uchun mo‘ljallanmagan. Uni faqat seksual faollik taxmin qilinganda qabul qilish kerak.

Aholining maxsus guruxlari

Keksa odamlar (65 yoshli va undan kattalar) 65 yoshli va undan katta patsiyentlarda Torpedo DX ni samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Buyrak yetishmovchiligi Yengil yoki o‘rtacha buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga Torpedo DX tavsiya etilmaydi.

Jigar yetishmovchiligi Yengil jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga extiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga Torpedo DX tabletkalari tavsiya etilmaydi. Pediatrik aholii

Torpedo DX 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga buyurilmaydi.

4 tabletkadan alyuminiy va polivinilxlorid plyonka blisterda. 4 tabletkali bir blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. 4 tabletkadan 5 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Quruq, 25оС dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Namlikdan himoya qilish uchun original o‘ramida saqlansin.

Ishlatish, ishlov berish va utilizatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma Ishlatish oldidan yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun shifokorga murojaat qiling. Bolalar ololmaydigan joyda saqlang.

3 yil.

Retsept bo‘yicha.

Shuningdek ko'rib chiqing