Urologiya

Torpedo 100 DX

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста
Yo'riqnomani yuklab olish

Foydalanish uchun ko'rsatmalar:

  • Torpedo DX tabletkalari katta erkaklar uchun erektil disfunksiya bilan birga muddatidan oldingi eyakulyatsiyada qo‘llanadi.

30 mg va 60 mg dan 1 plenka qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi:

Faol moddalar:

Sildinafil sitrati, ekvivalent Sildinafilga ………………… 100 mg

Dapoksetin gidroxloridi

Ekvivalent Dapoksetinga 60 mg Sildenafil sitrati, ekvivalent Sildenafilga ………………… 50 mg

 

 

 

Torpedo DX bu erektil disfunksiyani peroral davolash. Tabiiy sharoitlarda, ya’ni seksual rag‘batlantirish uchun, jinsiy olatga qonni oqib kelishini oshirib, buzilgan erektil faoliyatni tiklaydi.

Jinsiy olatning ereksiyasiga javobgar bo‘lgan fiziologik mexanizm, seksual rag‘batlantirish vaqtida g‘ovaksimon tanaga azot oksidini (NO) ajralib chiqishini o‘z ichiga oladi, bu siklik guanozinmonofosfat (sGMF) darajasini oshishiga, g‘ovaksimon tana silliq mushaklarini bo‘shashashiga olib keladi va qonni oqib kelishi imkoniyatini beradi.

Sildenafil g‘ovaksimon tanadagi 5 tur sGMF-spetsifik fosfodiesterazaning (FЕD-5) kuchli va selektiv ingibitori xisoblanadi, bu yerda FЕD-5 sGMF ning degradatsiyasiga javobgar. Sildenafil ereksiyalarga periferik ta’sir joyiga ega.

Seksual rag‘batlanlanishda yuz beruvchi azot oksidi NO/sGMF yo‘li faollashganda, sildenafil tomonidan FЕD-5 ni ingibirlanishi g‘ovaksimon tanada sGMF darajasini oshishiga olib keladi. Shuning uchun sildenafil xoxlangan foydali farmakologik samara ko‘rsatishi uchun, seksual rag‘batlanish zarur xisoblanadi.

In vitro tekshirishlar, ereksiya jarayonida ishtirok qiluvchi FЕD-5 uchun sildenafilni tanlovchiligini ko‘rsatgan. Uning ta’siri boshqa ma’lum fosfodiesterazalarga qaraganda FЕD-5 ga samaraliroq.

Dapoksetin

Dapoksetin IC50 1,2 nM bilan serotoninni qayta qamrab olinishini (SSRI) kuchli selektiv ingibitori xisoblanadi, odamdagi uning asosiy metabolitlari, desmetildapoksetin (IC50 1,0 nM) va didesmetildapoksetin (IC50 = 2,0 nM) esa ekvivalent yoki kamroq samarali (dapoksetin-N-oksid (IC50 = 282 M)).

Odam eyakulyatsiyasi birinchi navbatda simpatik nerv tizimi orqali amalga oshiriladi. Eyakulyator yo‘li refleksi miya stvoli orqali orqa miya markazidan sodir bo‘ladi, u dastlab bosh miyadagi qator yadrolarga (medial preoptik va paraventrikulyar yadrolar) ta’sir qiladi. Dapoksetinni muddatidan oldingi eyakulyatsiyaga ta’sir mexanizmi, neyronlarni serotoninni qayta qamrab olinishini ingibirlanishi va neyrotransmitterning pre- va postsinaptik retseptorlarga ta’sirini keyingi potensiyalashi bilan bog‘liq deb taxmin qilinadi.

Dapoksetin kalamushlarda lateral paragigantotsellyular yadroda (LPGi) supraspinal darajada ta’sir qilab, siqib chiqarish eyakulator refleksni ingibirlaydi. Urug‘ puffakchalari, urug‘ni chiqarish yo‘llari, prostata bezi, bulburetral mushaklar va qovuq bo‘ynini innervatsiya qiluvchi postganglioz simpatik tolalar, eyakulyatsiyaga erishish uchun ularni muvofiqlashishga majbur qiladi. Dapoksetin kalamushlarda bu eyakulyator refleksni modellaydi.

Barcha patsiyentlar uchun tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozalar 50 mg sildenafil 30 mg Dapoxetine (Torpedo DX 30) bilan, agar zarurati bo‘lsa, jinsiy faollikdan taxminan 1-3 soat oldin. Samaradorligi va tolerantligiga asoslanib, dozani 100 mg sildenafil va 60 mg dapoksetingacha (Torpedo DX 60) oshirish mumkin. Dozalashni maksimal tavsiya etilgan tez-tezligi kuniga bir marta.

Torpedo DX tabletkalarini ovqat bilan yoki usiz qabul qilish mumkin. Torpedo DX plastinasi uzuluksiz xar kuni ishlatish uchun mo‘ljallanmagan. Uni faqat seksual faollik taxmin qilinganda qabul qilish kerak. Aholining maxsus guruxlari

Keksa odamlar (65 yoshli va undan kattalar) 65 yoshli va undan katta patsiyentlarda Torpedo DX ni samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Buyrak yetishmovchiligi Yengil yoki o‘rtacha buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga Torpedo DX tavsiya etilmaydi.

Jigar yetishmovchiligi Yengil jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga extiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga Torpedo DX tabletkalari tavsiya etilmaydi. Pediatrik aholii

Torpedo DX 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga buyurilmaydi.

4 tabletkadan alyuminiy va polivinilxlorid plyonka blisterda.

4 tabletkali bir blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

4 tabletkadan 5 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Quruq, 25оС  dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Namlikdan himoya qilish uchun original o‘ramida saqlansin.

Ishlatish, ishlov berish va utilizatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma Ishlatish oldidan yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun shifokorga murojaat qiling. Bolalar ololmaydigan joyda saqlang.

3 yil.

Retsept bo‘yicha.

Shuningdek ko'rib chiqing