Analgetiklar va yallig’lanishga qarshi dori vositalar

DENTAZOL GEL

Stomatologiyada qo‘llaniladigan vosita.

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста

Stomatologiyada qo‘llaniladigan vosita.

Yo'riqnomani yuklab olish

Foydalanish uchun ko'rsatmalar:

  • Gingivit
  • Yarali gingivit
  • Milklarni shishi
  • Periodontit
  • Stomatit
  • Pulpit
  • Postekstragirlovchi alveolit
  • Infeksion xarakterga ega tish og‘rig‘i

1 g gel quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:metronidazol benzoati BP; metronidazolga ekvivalent 10 mg; xlorgeksidin glyukonati eritmasi BP 0,25% vazn/ vazn (Konservant sifatida) yordamchi moddalar: trietanolamin, polietilenglikol 400, dinatriy EDTK, aspartam, chinnigul moyi va tozalangan suv.

Mahalliy qo‘llanganda metronidazolning tizimli so‘rilishi deyarli yuz bermaydi. Kationik xarakterga ega bo‘lganligi uchun xlorgeksidin teri, shilliq qavatlar va boshqa to‘qimalar bilan kuchli bog‘lanadi va shuning uchun juda sust so‘riladi. Peroral qo‘llangandan keyin qonda aniqlanmaydi.

Faqat sirtga qo‘llash uchun Tishlarni tozalab bo‘lgach, og‘izni chayib tashlang va tish cho‘tkasiga yoki barmoqqa oz miqdorda gelni qo‘ying va milklarga hamda tish oraliq qismlariga surting. Qo‘llangandan keyin 30 minut davomida patsiyent ovqatlanmasligi va og‘iz bo‘shlig‘ini chaymasligi kerak. Dentazol geli kuniga 2 marta milklarga qo‘llaniladi. O‘rtacha davolash kursi 7-10 kun. Profilaktik davolash kurslari yiliga 1-2 marta qabul qilinadi.

Bu hakida xabarlar yuk.

Tasodifiy foydalanish: peroral qo‘llaniladigan xlorgesedin va metronidazol yomon so‘riladi. Agar ular ko‘p miqdorda olinsa ham tizimli samaralarning ehtimoli kam. Ammo me’dani yuvish sut, xom tuxum, jelatin yoki yumshoq sovunni qo‘llash bilan maqsadga muofiq bo‘lishi mumkin. Zarur hollarda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak.

Tish milki uchun Dentazol geli 20 g laminatlangan tubalarda chiqariladi.

25°C yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Retseptsiz.