Diklofenak
Diklofenak og‘riqni qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi xususiyatlarga ega. Dimaks Fast gelning ta’sir mexanizmi boshqa NYAQP kabi to‘liq o‘rganilmagan, ammo siklooksigenaza (SOG-1 va SOG-2) ni ingibitsiya qilishni o‘z ichiga oladi. Diklofenak in vitro sharoitda prostaglandin sintezining kuchli ingibitori bo‘lib hisoblanadi. Diklofenakning davolash vaqtida erishilgan konsentratsiyalari in vivo sharoitda samaralar chaqirgan. Prostaglandinlar afferent nervlarni sensibilizatsiya qiladi va bradikininning hayvon modellarida og‘riqni rag‘batlantirishini kuchaytiradi. Prostaglandinlar yallig‘lanish mediatorlari bo‘lib hisoblanadi. Diklofenak prostaglandinlar sintezining ingibitori bo‘lganligi tufayli, uning ta’sir usuli periferik to‘qimalarda prostaglandinlarni kamayishi bilan chaqirilgan bo‘lishi mumkin.
Zig‘ir yog‘i
U kuchli, kam uchraydigan tabiiy antioksidantlar (lignanlar), omega-3 yog‘ kislotalari, vitaminlar va minerallar saqlaydi. Ushbu kosmetologiya sanoatida va kamroq darajada (lekin mos darajada) massajistlar va aromaterapevtlarda mashhur yog‘dir. Zig‘ir yog‘i shuningdek teri tomonidan yaxshi so‘riladi. Zig‘ir yog‘ida aniqlangan omega-3 tabiiy yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib hisoblanadi.
Metilsalitsilat
Metilsalitsilat ribiyent (teri giperemiyasini chaqiruvchi) vosita bo‘lib hisoblanadi. U qon tomirni kengaytirishi yo‘li orqali terini qizarishini chaqiradi va issiqlikning tinchlantiruvchi hissini ta’minlaydi. U shuningdek kontrreaktor deb ham nomlanadi, chunki u o‘z ta’sirini qarama-qarshi ta’sirlanish orqali namoyon qiladi. Sensor nerv oxirlarini ta’sirlanishi bir nerv tomonidan ta’minlangan asosiy mushak yoki bo‘g‘imlarda og‘riqni o‘zgartiradi.
Mentol
Mentol teriga surtilganda u rubident sifatida ta’sir ko‘rsatadi va mahalliy vazodilatatsiyani chaqiradi; u komfort va issiqlik hissini ta’minlaydi. Teriga yengil surtilganda qichishishga qarshi agent sifatida ta’sir ko‘rsatadi va sovuqlik hissini ta’minlaydi, mahalliy anestetik samara esa qichishishni bartaraf etadi. U yaxshi tinchlantiruvchi samaraga ega.