Analgetiklar va yallig’lanishga qarshi dori vositalar

DIMAKS KID

Isitma, bosh og‘rig‘i, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, mushak og‘riqlari, tanadagi og‘riqlari bo‘lgan patsiyentlarda, og‘riq simptomlarini yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста
Isitma, bosh og‘rig‘i, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, mushak og‘riqlari, tanadagi og‘riqlari bo‘lgan patsiyentlarda, og‘riq simptomlarini yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Yo'riqnomani yuklab olish

Foydalanish uchun ko'rsatmalar:

  • Isitma
  • Bosh og‘rig‘i
  • Bo‘g‘imlardagi og‘riqlar
  • Mushak og‘riqlari
  • Tanadagi

Ibuprofen va paratsetamolning farmakologik ta’siri ularning ta’sir joyi va usuli bo‘yicha farq qiladi. Bu qo‘shitmcha ta’sir usullari sinergik bo‘lib, yakka faollikka qaraganda, katta antinotsitsepsiya va antipirezisga olib keladi.

Ibuprofen NYAQV xisoblanadi, u prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish yo‘li bilan xayvonlardagi yallig‘lanishni oddiy eksperimental modellarida o‘zining samaradorligini namoyish qilgan. Ibuprofen notsitseptiv nerv terminallaridagi sensibilizatsiyani keyingi pasayishi bilan, siklooksigenaza-2 (SOG-2) izofermentini periferik ingibitsiya qilish orqali analgetik samarasini chaqiradi. Ibuprofenni yallig‘lanish soxasiga induksiyalangan leykotsitlarning migratsiyasini ingibitsiya qilish ko‘rsatilgan.

Ibuprofenning isitmani tushiruvchi samaralari gipotalamusdagi prostaglandinlarni markaziy ingibitsiya qilish bilan chaqiriladi. Ibuprofen trobotsitlar agregatsiyasini qayta ingibitsiya qiladi. Odamlarda ibuprofen isitma, shish va yallig‘lanishli og‘riqni kamaytiradi. Paratsetamolning ta’sirini aniq mexanizmi xozirgacha to‘liq aniqlanmagan; lekin markaziy antinotsitseptiv samarasi xaqidagi gipotezani qo‘llab-quvvatlash uchun ahamiyatli isbotlar mavjud. Turli biokimyoviy tekshirishlar SOG-2 ning markaziy yaqolligini ingibitsiya qilishiga ishora qiladi. Paratsetamol shuningdek 5-gidroksitriptaminning (serotoninning) faolligini pastga tushuvchi yo‘llarini rag‘batlantirishi mumkin, ular orqa miyada notsitseptik signalning o‘tkazilishini ingibitsiya qiladi.

Paratsetamolni pereferik SOG-1 va SOG-2 izofermentlarning juda kuchsiz ingibitori ekanligini isbotlari mavjud. Ibuprofen va paratsetamolning klinik samaradorligi bosh og‘rig‘i, tish og‘rig‘i va dismenoreya va istma bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riqlarda namoyish qilingan. Bundan tashqari, samaradorligi shamollish va grippga bog‘liq bo‘lgan og‘riq va isitmasi bo‘lgan patsiyentlarda, va tomoq og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i yoki yumshoq to‘qimalarning travmasidagi og‘riqlarda va bel og‘riqlarida namoyish qilingan. Bu maxsulot ayniqsa og‘riq bilan bog‘liq bo‘lgan isitma uchun to‘g‘ri keladi, u faqat ibuprofen yoki paratsetamolga qaraganda, kuchliroq va tezroq isitmani tushiruvchi va og‘riqni qoldiruvchi samarani talab qiladi.

Qo‘llash usuli: peroral yuborish uchun.

3 dan 6 oylikkacha: 2,5 ml dan sutkada 3 marta.

6 dan 12 oylikkacha: 5 ml dan sutkada 3 marta.

1 dan 4 yoshgacha: 10 ml dan sutkada 3 marta.

4 dan 7 yoshgacha: 15 ml dan sutkada 3 marta.

7 dan 12 yoshgacha: 20 ml dan sutkada 3 marta.

Quyida Dimaks Kid suspenziyasini qabul qilishda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarining ro‘yxati keltirilgan. Bu nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin, lekin xama vaqt xam bo‘lavermaydi. Ayrim nojo‘ya samaralari kam, lekin jiddiy bo‘lishi mumkin. Qorin og‘rig‘i, jig‘ildon qaynashi, teri toshmasi, qichishish, teri yoki burundan qon ketishi, qonning anomal ko‘rsatgichlari.

Dimaks Kid suspenziyasini qo‘llash mumkin emas:

ibuprofenga, paratsetamolga yoki preparatning xar qanday boshqa yordamchi moddalariga ma’lum o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda;

atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalar (masalan, bronxospazm, angiodistrofiya, astma, rinit yoki eshakemi) tarixga ega bo‘lgan patsiyentlarda;

faol yoki tarixida qaytalanuvchi yara / qon ketishi (isbotlangan yaralanish yoki qon ketishini ikki yoki ko‘proq aloxida epizodlari) bo‘lgan patsiyentlarda;

me’da yarasi / perforatsiya yoki qon ketishini, shu jumladan NYAQP bilan bog‘liq bo‘lgan tarixi yoki mavjudligi bo‘lgan patsiyentlarda;

koagulyatsiyaning nuqsonlari bo‘lgan patsiyentlarda;

og‘ir jigar yetishmovchiligi yoki og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda.

Bu maxsulotni (barcha boshqa ibuprofen saqlovchi maxsulotlar va NYAQV kabi) quydagilar bilan birga qo‘llash mumkin emas:

Atserilsalitsil kislota. Ibuprofen va atsetilsalitsil kislotani yo‘ldosh yuborish, agar shifokor atsetilsalitsil kislotasining past dozasini (kuniga 75 mg dan katta emas) buyurgan bo‘lsa, nojo‘ya ta’sirlarining yuqori potensiali tufayli, odatda tavsiya etilmaydi. (4.4 bo‘limga qarang).

Eksperimental ma’lumotlar ibuprofenni atsetilsalitsil kislotasining past dozalarini, ular bir vaqtda buyurilganda, trombotsitlar agregatsiyasini raqobatli ingibitsiya qilinishi mumkinligidan dalolat beradi. Bu ma’lumotlarni klinik vaziyatga munosabati bo‘yicha noaniqlik bo‘lishiga qaramasdan, atsetilsalitsil kislotasining past dozasini yurakni ximoyalovchi ta’sirini pasaytirish uchun ibuprofenni muntazam uzoq muddatli ishlatish mumkinligini istisno qilish mumkin emas. Ibuprofenni tasodifiy ishlatish uchun bironta klinik axamiyatli samara extimolli xisoblanmaydi.

Boshqa NYAQV, siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlarini xam qo‘shib, chunki ular nojo‘ya samaralar xavfini oshirishlari mumkin. Bu maxsulotni (xar qanday boshqa paratsetamol saqlovchi maxsulotlar kabi) quydagilar bilan birga extiyotkorlik bilan ishlatish kerak.

Xolesteramin: paratsetamolning so‘rilish tezligini xolesteramin pasaytiradi. Shuning uchun agar maksimal analgeziya talab qilinsa, xolesteraminni bir soat davomida qabul qilish mumkin emas.

Metoklopramid va domperidon: metoklopramid va domperidon yordamida paratsetamolning so‘rilishi oshadi. Lekin bir vaqtda ishlatishdan qochmaslik kerak.

Varfarin: varfarin va boshqa kumarinlarning antikoagulyant ta’siri qon ketishi xavfini oshishi bilan paratsetamolni davomli muntazam ishlatish xisobiga kuchayishi mumkin; tasodifiy dozalar axamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu maxsulotni (barcha boshqa ibuprofen saqlovchi maxsulotlar va NYAQV kabi) quydagilar bilan birga extiyotkorlik bilan ishlatish kerak.

Antikoagulyantlar: NYAQV antikoagulyantlarning, ya’ni varfarinning ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Antigipertenziv vositalar (AAF ingibitorlari va angiotenzin II antagonistlari) va diuretiklar: NYAQV bu preparatlarning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan ayrim patsiyentlarda (masalan, suvsizlangan patsiyentlar yoki buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan keksa patsiyentlar) AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II antagonistlarini va siklooksigenazani ingibitsiya qiluvchi agentlarni birga yuborish, buyraklar faoliyatini qo‘shimcha yomonlashishiga, mumkin bo‘lgan o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, u odatda qaytuvchi bo‘ladi. AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II antagonistlari bilan bir vaqtda coxib qabul qilayotgan patsiyentlarda, bu o‘zaro ta’sirlarni hisobga olish kerak. Shuning uchun majmuani ayniqsa keksa odamlarda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Patsiyentlar adekvat gidratlanishlari kerak, va yo‘ldosh davolash boshlangandan keyin va keyinchalik vaqti-vaqti bilan buyraklar faoliyatini monitoringini o‘tkazish kerak. Diuretiklar NYAQV nefrotoksikligi xavfini oshirishi mumkin.

Antitrombotsitar agentlar va serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI): me’da-ichak qon ketishini yuqori xavfi (4.4 bo‘lmiga qarang).

Yurak glikozidlari: NYAQV yurak yetishmovchiligini yomonlashtirishlari, KFT ni pasaytirishlari va plazmada glikozidning darajasini oshirishlari mumkin.

Siklosporin: nefrotoksiklikning yuqori xavfi.

Kortikosteroidlar: me’da-ichak yo‘llarining yaralari yoki qon ketishini yuqori xavfi (4.4 bo‘limga qarang). Litiy: litiyni pasayishi. Metotreksat: metotreksatning samaradorligini pasayishi.

Mefipriston: mefipriston yuborilgandan keyin 8-12 kun davomida NYAQV ni ishlatish mumkin emas, chunki NYAQV mefipristonning ta’sirini pasaytirishi mumkin.

Xinolon antibiotiklari: hayvonlardagi ma’lumotlar NYAQV ni xinolon antibiotiklari bilan bog‘liq bo‘lgan konvul

Dimaks Kid suspenziyasini dozasini oshirib yuborilishi jigarni jiddiy shikastlanishiga va ba’zida buyrakni o‘tkir tubulyar nekroziga olib kelishi mumkin. Atsetilsistein yoki metionin yordamida o‘z vaqtida davolash muhim ahamiyatga ega. Me’dani yuvish, yoki sun’iy ravishda qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish (bolalarga tana vazniga 1-2 g) yoki osmotik surgi vositasini qo‘llash mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi Dimaks Kid suspenziyasini dozasini oshirib yuborilishi jigarni jiddiy shikastlanishiga va ba’zida buyrakni o‘tkir tubulyar nekroziga olib kelishi mumkin. Atsetilsistein yoki metionin yordamida o‘z vaqtida davolash muhim ahamiyatga ega. Me’dani yuvish, yoki sun’iy ravishda qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish (bolalarga tana vazniga 1-2 g) yoki osmotik surgi vositasini qo‘llash mumkin. Chiqarilish shakli 60 ml suspenziya qaxrabo rangli PET-butilkada o‘lchov qopqog‘i va tomchilagichi bilan. 60 ml li butilka tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Ishlatish oldidan yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun shifokorga murojaat qiling.

25° C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

3 yil

Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.

Retsept bo‘yicha