Противовоспалительное и обезболивающее средство с двойным действием для быстрого и эффективного облегчения боли.
Загрузить инструкцию
Показания к применению:
- Quyidagi holatlarda qo‘llanadi: o‘tkir suyak-mushak og‘riqlari va og‘ir og‘riqli holatlar
- Tayanch-harakat apparati va bo‘g‘imlar bilan bog‘liq og‘riq va yallig‘lanish
- Isitma bilan bog‘liq o‘rtachadan kuchligacha og‘riqda qo‘llaniladi.
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar:
paratsetamol BP — 500 mg, diklofenak natriy BP — 50 mg;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, povidon PVPK-30, tozalangan suv, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
Ta’rifi:
kapsula shaklidagi, ikkitomonlama qavariq, bir tomonida bo‘lish uchun o‘yiqcha va boshqa tomoni silliq, oqdan xira-oq ranggacha bo‘lgan qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: bir tabletkadan kuniga 2 martadan 3 martagacha ovqatdan keyin yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, nefrotik sindrom, epigastral sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, gepatit, toshma, qichishish, hansirash, bronxospazm, davomli qon ketish. Potensial o‘limga olib keluvchi: me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi yoki perforatsiya, kam hollarda qon diskraziyasi yoki anafilaksiya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
10 tabletkadan alyumin folga va PVX blisterlarda. Har biri 10 tabletkadan 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Quruq joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
4 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
https://www.instagram.com/reel/DWRERCJDAR9/?igsh=N25xNTMycDUxbXRi