Анальгетики, спазмолитики и противо-воспалительные препараты

Ревалгин

Тройное действие: боль, спазм и жар.

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста
Загрузить инструкцию

Показания к применению:

  • Ichki a’zolarni silliq mushaklarini spazmlaridagi kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan og‘riq sindromi
  • Buyrak va o‘t-safro sanchiqlari, ichak spazmlari, dismenoreya va ichki a’zolarni boshqa spastik holatlari
  • Bo‘g‘imlardagi og‘riqlarda, nevralgiya, ishialgiya, mialgiyadagi og‘riqlarni qisqa muddatli simptomatik davolash uchun ishlatilishi mumkin.
  • Yordamchi vosita sifatida xirurgik va diagnostik aralashuvlardan keyingi og‘riqlarni kamaytirish uchun qo‘llanilishi mumkin.

Og‘iz orqali qabul qilinganida, mahsulotning bir qismi bo‘lgan metamizol natriy tez va to‘liq so‘riladi. T1/2 ga 1,4 soat ichida erishiladi, jigarda 4-N-metilaminofenazon, 4-aminofenazon, 4-N-atsetilaminofenazon va 4-N-formilaminofenazonni hosil qilish uchun metabollanadi. 4-N metilaminofenazonning asosiy metabolitining T1/2 1,8-4,6 soatni tashkil etadi, yo‘ldosh orqali va ona sutiga kiradi. Buyrak orqali tanadan chiqariladi.

Kattalar va 15 yoshdan oshgan o‘spirinlarga ichga buyuriladi (yaxshisi ovqatdan keyin) 1-2 tabletkadan sutkada 2-3 marta. Sutkalik doza 6 tabletkadan oshirilmasligi kerak. Qabul qilish davomiyligi 5 kundan ortiq emas. Preparatni sutkalik dozasini yoki davolash muddatini oshirish faqat shifokor nazorati ostida bo‘lishi mumkin. Bolalar uchun dozalash.

Bolalarda preparat faqat shifokor buyurishi bo‘yicha qo‘llanadi. 6-8 yoshli bolalar uchun dozasi 1/2 tabletka; 9-12 yoshli bolalar uchun tabletkani to‘rtdan uchi; 13-15 yoshli bolalar uchun 1 tabletkadan; buyurish karraligi sutkada 2-3 marta. Boshqa dozalash tarkibi shifokorni maslahatidan so‘ng mumkin.

Terapevtik dozalarda preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ba’zida allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin (teri toshmalari, qichima, juda kam anafilaktik shok). Yakka hollarda epigastral sohada achishish hissi, og‘izning qurishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, sianoz bo‘lishi mumkin.

Uzoq muddat qabul qilinganida qon tizimini buzilishi hollari (trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz). Bronxospazmga moyillik bo‘lganida xurujni qo‘zg‘atishi mumkin. Barcha nojo‘ya ta’sirlari haqida davolovchi shifokorga xabar berish kerak.

Pirazolon hosilalari va preparatni boshqa komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik; jigar yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi; glyukoza-6-fosfatdegidrogenazani genetik yo‘qligi; taxiaritmiya, glaukomani yopiq burchakli shakli; siydik tutilishiga moyilligi bo‘lgan prostata bezini gipertofiyasi; me’da-ichak o‘tkazmasligi; megokolon; Qon tizimini kasalliklari; kollaptoid holatlar; homiladorlikning birinchi uch oyligi va oxirgi 6 haftasi; laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Preparat 5 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi.

Doza oshirib yuborilganida quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin: qusish, og‘iz qurishini his qilish, ter ajralib chiqishini o‘zgarishi, akkomodatsiyani buzilishi, arterial gipotenziya, uyquchanlik, ongni chalkashishi, jigar va buyrak faoliyatini buzilishi, tirishishlar. Davolash simptomatik.

10 tabletkadan striplarda. Xar biri 10 tabletkadan bo‘lgan striplarda 2, 10 tadan karton qutida tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.

25°С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Retseptsiz.

https://www.instagram.com/reel/DLCXQvPNSuS/?igsh=MTloZ25hZ3ZzZ3Fvbw==