Shamollashga qarshi dori vositalar

SUPRIMA-BRONXO

Namoyon bo‘ladigan nafas yo‘llari kasalliklarini simptomatik terapiya vositasi sifatida qo‘llaniladi.

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста

Namoyon bo‘ladigan nafas yo‘llari kasalliklarini simptomatik terapiya vositasi sifatida qo‘llaniladi.

Yo'riqnomani yuklab olish

Foydalanish uchun ko'rsatmalar:

  • Yo‘tal
  • Faringit
  • Laringit
  • Traxeit
  • Bronxit
  • Pnevmoniya
  • O‘kyo‘talning (koklyush) boshlang‘ich davri
  • Nafas a’zolarining surunkali kasalliklari

siropning har 5 ml da faol modda sifatida quyidagi dorivor o‘simliklar ekstrakti mavjud:

faol modda:

Adhatoda vasika (adatoda vasika) _____________________30 mg,

Glycyrrhiza glabra (kizilmiya) ________________________20 mg,

Curcuma longa (zarchava) __________________________ 10 mg,

Ocimum sanctum (rayxon) __________________________ 10 mg,

Zingiber officinale (zamjabil) ________________________ 10 mg,

Solanum xanthocarpum (ituzum) _____________________ 5 mg,

Piper longum (uzun kalampir) _______________________ 5 mg,

Elettaria Cardamomum (kardamon) ___________________ 5 mg

yordamchi moddalar: saxaroza, sorbitol eritmasi 70%, guar saqichi, mentol, propilenglikol, natriy benzoati, metilparagidroksibenzoat, bronopol, karamel, limon kislotasi monogidrati, fenxel xushbo‘yi, malina xushbo‘yi, xloristovodorod kislotasi, tozalangan suv.

Suprima bronxo siropining ta’siri uning tarkibiy qismlarining majmuaviy ta’siri xisoblanadi, shuning uchun farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazishning iloji yo‘q.

3-5 yoshli bolalarga bir kunda 1/2 choy qoshiqdan (2,5 ml) 3 mahal, 6-14 yoshli bolalarga bir kunda 1/2–1 choy qoshiqdan (2,5-5 ml) 3 mahal, kattalarga va 14 yoshdan katta bolalarga 1-2 choy qoshiqdan (5-10 ml) bir kunda 3 mahal buyuriladi. Davolash kursi 2-3 hafta.

Suprima Bronxo siropidan qisqa muddatli va uzoq muddatli foydalangandan keyin xech qanday jiddiy nojo‘ya ta’siri xaqida ma’lumotlar bo‘lmadi.

Preparatning aktiv yoki yordamchi moddalariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda patsiyentlarga qabul qilish mumkin emas.

Sirop 100 ml birinchi ochilish belgisi bo‘lgan metallik burama qopqoqli qo‘ng‘ir rangli, shisha flakonlarda chikariladi.1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutilarga qadoqlangan.

Yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan xararatda saqlansin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

3 yil.

Yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Retseptsiz