Shamollashga qarshi dori vositalar

RINIKOLD BRONXO (siropi)

Qiyin ajraladigan qovushqoq balg‘amli yo‘tal bilan kechuvchi «shamollash» kasalliklari, gripp va O‘RVIlarni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста

Qiyin ajraladigan qovushqoq balg‘amli yo‘tal bilan kechuvchi «shamollash» kasalliklari, gripp va O‘RVIlarni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Yo'riqnomani yuklab olish

Foydalanish uchun ko'rsatmalar:

  • Gripp
  • O‘RVIlarni
  • Kechuvchi «shamollash» kasalliklari

10 ml sirop quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar:

ambroksol gidroxloridi ____________ 15.00 mg;

xlorfenamin maleati ______________ 2,00 mg;

fenilefrin gidroxloridi _____________ 5,00 mg;

gvayfenezin ____________________ 100,00 mg;

yordamchi moddalar: 4000,00 mg saxaroza, 18,00 mg metilparagidroksibenzoat, 2,00 mg propilparagidroksibenzoat, 2,00 mg dinatriy edetati, 1000,00 mg 70% li sorbitol eritmasi, 2000,00 mg glitserin (glitserol), 1500,00 mg propilenglikol, 1,00 mg mentol, 2,00 mg limon kislotasi, 5,00 mg natriy sitrati, 0,03 ml qovun hushbo‘yi, 0,66 mg zarg‘aldoq-sariq bo‘yovchisi, tozalangan suv q.s. 10ml gacha.

Rinikold Bronxo-siropi majmuaviy preparat bo‘lib, uning tarkibiga kiruvchi gvayfenezin va ambroksol bronxial sekretining qovushqoqligini kamaytiradi va balg‘am ko‘chishini yengillashtiradi. Xlorfenamin maleati allergiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi: ko‘zni yoshlanishini, ko‘z va burun qichishini bartaraf qiladi. Fenilefrin gidroxloridi qon tomirlarni toraytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, nafas yo‘llarining yuqori bo‘limlari va yondosh bo‘shliqlarning shilliq qavatlarini shishi va giperemiyasini kamaytiradi.

Qo‘llash oldidan chayqatish lozim!

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga tavsiya etiladigan doza:

20 ml (4 choy qoshiq) dan kuniga 3 marta.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etiladigan doza: 10 ml (2 choy qoshiq) dan kuniga 2-3 marta.

Preparatni qabul qilishni kun davomida bir xil taqsimlash kerak.

Nojo‘ya ta’sirlarning yaqqolligini kuchayishi. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, surgi vositalari (vazelin moyi, tuzli surgilar) ni qabul qilish; simptomatik davolash. Yaqqol buzilishlarda shifokorga murojaat qilish lozim.

Yo‘talga qarshi sirop.

Birlamchi: 100 ml dan ochish nazorati bo‘lgan, buraladigan metal qopqoq bilan berkitilgan to‘q shisha flakonlarda.

Ikkilamchi: bir flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

250С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

3 yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Retseptsiz.