Shamollashga qarshi dori vositalar

SUPRIMA-LOR

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

Yo'riqnomani yuklab olish

Foydalanish uchun ko'rsatmalar:

  • Angina
  • Faringit
  • Tonzillit
  • Laringit
  • Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining yallig'lanishi (stomatit)
  • Yuqori nafas yo'llari infektsiyalarining engil shakllari

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar:

2,4-dixlorbenzil spirti ………………….1,2 mg,

amilmetakrezol…………………………..…0,6 mg;

yordamchi moddalar:

SUPRIMA-LOR malinali: qand S/30 asosi, dekstroza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, azorubin, malina xushbo‘yi;

SUPRIMA-LOR ananasli: qand S/30 asosi, dekstroza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, quyosh shafaqi sarig‘i va xinolin sarig‘i bo‘yovchilari, ananas hushbo‘yi;

SUPRIMA-LOR mentolli: qand S/30 asosi, dekstroza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, brilliant ko‘ki, yalpiz moyi;

SUPRIMA-LOR apelsin hushbo‘yi: qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, quyosh shafaqi sarig‘i FCF bo‘yovchisi, apelsin hushbo‘yi;

SUPRIMA-LOR limon hushbo‘yi: qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, quyosh shafaqi sarig‘i FCF, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi, limon hushbo‘yi;

SUPRIMA-LOR asal va limon xushbo‘yi: qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi, asal xushbo‘yi, limon hushbo‘yi;

SUPRIMA-LOR qulupnoy hushbo‘yi: qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, ponso 4R bo‘yovchisi qulupnoy hushbo‘yi;

SUPRIMA-LOR evkalipt hidli: qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, brilliant ko‘ki bo‘yovchisi FCF, evkalipt hushbo‘yi.

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy antiseptik preparat. Mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol.

Tizimli so‘rilishi past bo‘lganligi tufayli, SUPRIMA-LOR preparatining farmakokinetikasi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi. Preparatning samaradorligi keng ta’sir doirasiga ega ikki antibakterial komponentlarini bo‘lishi bilan bog‘liq.

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga tavsiya qilinadi.

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq yallig‘lanishining birinchi simptomlari paydo bo‘lganida tavsiya etiladi:

Kattalarga har 2 soatda -1 tabletkadan. Maksimal sutkalik doza 8 tabletka.

6 yoshdan oshgan bolalarga har 4 soatda 1 tabletkadan. Tabletkani butunlay erigunicha shimish kerak.

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatilishi bo‘yicha tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida preparatning nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan

Quruq joyda, 25оС yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.