Shamollashga qarshi dori vositalar

RINIKOLD XOTMIKS (kukun)

«Shamollash» kasalliklari, gripp, O‘RVI (isitmali va og‘riqli sindrom, rinoreya) ni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Имеются противопоказания.
Необходима консультация специалиста

«Shamollash» kasalliklari, gripp, O‘RVI (isitmali va og‘riqli sindrom, rinoreya) ni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Yo'riqnomani yuklab olish

Foydalanish uchun ko'rsatmalar:

  • Burun oqishi
  • Burun tiqilishi hissi
  • Bosh og'rig'i
  • Isitma
  • Sovuq
  • Harorat
  • Qo'shimchalar va mushaklarning og'rig'i
  • Shamollash, gripp va o'tkir respirator virusli infektsiyalarni simptomatik davolash (isitma va og'riq sindromi, rinoreya)

Majmuaviy preparatdir. Paratsetamol isitmani tushiruvchi va og‘riqni qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi: «shamollash» kasalliklarida kuzatiladigan og‘riq sindromini, tomoq og‘rig‘ini, bosh og‘rig‘ini, mushak va bo‘g‘im og‘rig‘ini kamaytiradi, yuqori haroratni pasaytiradi. Fenilefrin qon tomirlarni toraytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi nafas yo‘llarining yuqori bo‘limlari va yondosh bo‘shliqlarining shilliq qavatining shishini va giperemiyasini kamaytiradi. Feniramin allergiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi: ko‘zlar, burun va tomoqning qichishishini, burun, tomoq va burunning yondosh bo‘shliqlari shilliq qavatini shishini va giperemiyasini bartaraf qiladi, ekssudativ ko‘rinishlarni kamaytiradi. Kofein markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta’sirga ega, bu charchoqni va uyquchanlikni kamayishiga, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshishiga olib keladi.

1 sashening (paketcha) ichidagisi stakanga to‘kiladi, issiq suv quyiladi, to‘liq erigunicha aralashtiriladi va ichiladi (xohishga qarab qand yoki asal qo‘shish mumkin). Preparat katta miqdordagi suyuqlik bilan ovqat qabul qilinganidan keyin 1-2 soat o‘tgach qabul qilinadi. Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga: bir paketchadan sutkada 3-4 marta, qabul qilishlar orasida 4-6 soatlik interval bilan. Maksimal sutkalik doza 4 paketcha. Preparatni shifokorning ko‘rsatmasi va kuzatuvisiz og‘riqni qoldiruvchi sifatida besh kundan ortiq va isitmani tushiruvchi sifatida uch kundan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatning sutkalik dozasini yoki davolash davomiyligini faqat shifokorning kuzatuvi ostida oshirish mumkin. Ko‘rsatilgan dozani oshirmang. Doza oshirib yuborilganida, xatto agarda o‘zingizni yaxshi xis qilayotgan bo‘lsangiz ham, darhol shifokorga murojaat qiling.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uyquga ketishni buzilishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik. Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni oshishi, taxikardiya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq, og‘izni qurishi, gepatotoksik ta’siri. Sezgi a’zolari tomonidan: midriaz, akkomodatsiya falaji, ko‘z ichki bosimini oshishi. Qon yaratish tizimi tomonidan: trombotsitopeniya, agranulotsitoz. Boshqalar: bronxospazm, siydikni tutilishi kuzatilishi mumkin.

Paratsetamolga va preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik; preparatning tarkibiga kiruvchi moddalarni saqlovchi boshqa dori vositalarni qabul qilish; tritsiklik antidepressantlarni, beta-adrenoblokatorlarni, MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish, shu jumladan bekor qilinganidan keyin 14 kungacha bo‘lgan davrda; homiladorlik, laktatsiya davri; bolalarda (15 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun (ananasli, apelsinli, limonli) (sashe). 5 g dan uch qavatli material: qog‘oz/alyuminiy folga/polietilen paketchalarda (sashe). 5, 10 yoki 50 paketchadan (sashe) tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Quruq joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

3 yil. Yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Retsept bo‘yicha.

https://www.instagram.com/reel/DTKxe-ejPZs/?igsh=bnRtN2w3YzZudjNx